O'zbekiston

Xalq ta’limi vaziri Prezidentga hisobot berdi

Davlat rahbari maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur ijrosi bilan tanishdi.

Xalq ta’limi vaziri Prezidentga hisobot berdi

 

Bugun, 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida maktab ta’limidagi islohotlarning borishi muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Davlat rahbarining 11 maydagi farmoni bilan 2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Unda ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilik kasbining nufuzini yuksaltirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, infratuzilmani yaxshilash, sohani raqamlashtirish bo‘yicha dolzarb yo‘nalishlar belgilangan. Bu yo‘nalishlarning har biri o‘nlab aniq vazifalardan iborat. Ular har bir tuman va shahar kesimida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” asosida amalga oshirilmoqda.

 

Yig‘ilishda xalq ta’limi vaziri shu boradagi ishlar va kelgusi o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejalar to‘g‘risida hisobot berdi.

 

Avvalo, yangi milliy dasturni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, bu yil 3, 6, 7 va 10-sinflar uchun, 2023-2024 yillarda 4, 5, 8, 9 va 11-sinflar uchun darsliklar, mashq daftarlari hamda o‘quv qo‘llanmalari yaratilishi belgilangan.

 

Davlat rahbari buning uchun xorijiy ekspertlar va tadqiqotchilardan iborat ishchi guruhini shakllantirib, darsliklarni sifatli tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

 

Milliy dasturda o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu yuksak bilim va mahoratli, zamonaviy kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Shu maqsadda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda uning huzuridagi ta’lim va ilmiy tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda pedagogik ta’limni transformasiya qilish, universitetga qabulni takomillashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish va o‘qishni amaliyot bilan bog‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va ularni yangi metodikaga o‘rgatish haqida so‘z borar ekan, Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti faoliyatini kengaytirib, uni hududlardagi pedagogika o‘quv yurtlari bilan uzviy bog‘lash zarurligi ta’kidlandi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab kimyo, biologiya, fizika va matematika o‘qituvchilari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

 

Prezident maktab direktorlarini to‘g‘ri tanlash, ularning kasbiy va boshqaruv mahoratini rivojlantirish masalasiga alohida to‘xtaldi. Ta’lim bilan birga tarbiya ham muhimligini ta’kidladi.

 

“Ma’naviyat maktabdan boshlanadi. Maktablarda ta’lim sifatiga qanday e’tibor bersak, ma’naviyatga ham shunday e’tibor berishimiz kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu maqsadda o‘quvchilarning dunyoqarashi va iqtidorini oshiradigan, turli yoshdagi sinflar uchun mo‘ljallangan ma’naviyat kitoblari yaratish bo‘yicha tavsiya berildi.

 

Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. “Barkamol avlod” maktablari faoliyati va infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish, ularda “STEAM” yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Xalq ta’limi vaziri Prezidentga hisobot berdi | Zamon.uz