O'zbekiston

Endi viloyat hokimlari boshqa hududlarga borib, bir-birining tajribasini o‘rganadi

Prezident sanoat zonalari tashkil qilish va ularni zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi.

Endi viloyat hokimlari boshqa hududlarga borib, bir-birining tajribasini o‘rganadi

 

Bugun, 26-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tashkil qilish, ularni zarur infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, bunday majmualar yaxlit joylashuv, qulay kommunikasiya evaziga sanoat rivojiga katta turtki bo‘ladi. O‘tgan besh yilda yurtimizda qo‘shimcha 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, mingdan ortiq loyiha amalga oshirildi. Natijada 100 mingta ish o‘rni yaratilib, yiliga 45 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, sanoat zonalaridagi korxonalar yiliga 750 million dollarlik eksport va 1 trillion so‘mdan ziyod soliq tushumlarini ta’minlamoqda.


Yana bir muhim jihati, har bir tumanga, olis va chekka hududlarga sanoat kirib bormoqda. Xususan, ilgari sanoat umuman bo‘lmagan 11 ta tumanda 205 ta yangi korxona ish boshladi.


Aslida, salohiyat, marralar bundan-da yuqori. Lekin ularni hayotga tatbiq etishda sustkashlik holatlari ko‘p. Ayrim kichik sanoat zonalarining bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani, yana ba’zilari infratuzilma bilan to‘liq ta’minlanmagani sababli tayyor loyihalar boshlanmasdan turibdi.


Bundan tashqari, sanoat zonalarida ish boshlash uchun besh bosqichli jarayondan o‘tib, o‘ndan ortiq hujjatlar yig‘ish kerakligi tadbirkorlarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.


Prezident bu masalalarni hal etish sanoatni rivojlantirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirishda muhim ekanini ta’kidladi. 


“Bozor iqtisodiyotida har bir tumanga, har bir mahallaga investisiya kirib borishi kerak. Joriy yilning o‘zida 2 mingta loyihani amalga oshirish, 110 mingta yangi ish o‘rni ochish va 1 milliard dollar qo‘shimcha eksport qilish mumkin. Bugungi muhokamamiz zamirida shu maqsad yotibdi”, – dedi davlat rahbari


Yig‘ilishda sanoat zonalarida bo‘sh turgan 6 ming 600 gektar maydonni elektr energiyasi, suv, yo‘l va boshqa sharoitlar bilan ta’minlash choralari muhokama qilindi. Buning uchun 1 trillion 500 milliard so‘m yoki 2021 yilga nisbatan 2 baravar ko‘p mablag‘ ajratilishi belgilandi.


Hududlarda tekstil-bo‘yoq va terini qayta ishlash bo‘yicha ko‘plab yangi loyihalar tayyorlangan. Buning uchun markazlashgan tozalash inshootlari zarur. Shu bois bunday korxonalar uchun tanlangan joylarda zamonaviy tozalash inshootlari qurish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Qayd etilishicha, 200 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan loyihalar infratuzilmasi uchun xarajatlarni davlat tomonidan moliyalashtirish joriy qilingan. Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyati tadbirkorlari bu imkoniyatdan foydalanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha 630 million dollarlik loyihalar tashabbusi bilan chiqqan.


Shunday loyihalar uchun joriy yilda hududlarga 170 milliard so‘m ajratilishi qayd etildi. Viloyat hokimlari boshqa hududlarga borib,  bir-birining tajribasini o‘rganishi muhimligi ta’kidlandi.


Samarqandda 300 gektar maydonda yangi maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi aytilar ekan, u yerda biznes uchun qulay sharoitlar yaratish, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Davlat rahbari sanoat zonalarida ish boshlashdagi byurokratiyaga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu boradagi tartibni soddalashtirish choralari belgilandi. Unga ko‘ra, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertiza qilish vakolati Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga o‘tkaziladi. Importda imtiyozlarni qo‘llash uchun Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining xulosasini olish tartibi bekor qilinadi.


Shu paytgacha sanoat zonalaridagi yerlar auksionga hokimlik tomonidan qo‘yilar edi. Endi investisiya majburiyatlari belgilanib, mazkur zonalarning direksiyalari tomonidan chiqariladi. Shuningdek, investisiya majburiyatlari to‘liq bajarilganidan keyin, auksion orqali olingan ob’yektlarni xususiylashtirishga ruxsat beriladi.

 

Bularning hisobiga sanoat zonalariga loyihalarni joylashtirish jarayonidagi bosqichlar soni kamayib, bunga ketadigan vaqt 3 oydan 1 oygacha qisqaradi.


Prezident kichik sanoat zonalarida uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlarning yer va bino-inshootlari bilan bog‘liq masalalarini hal qilish bo‘yicha ham topshiriq berdi.


Mahsulotlarning eksportbopligini, xalqaro standart va iste’molchi talablariga mosligini ta’minlash uchun ayrim sanoat zonalarini xorijiy kompaniyalarga boshqaruvga berish, ulardan investorlarni jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.


Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hokimlar hisobot berdi, tadbirkorlar takliflarini bildirdi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.