O'zbekiston

Konstitutsiyaviy komissiyaning asosiy vazifalari belgilandi

Komissiya konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar buzilishi haqida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tegishli idoralarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

Konstitutsiyaviy komissiyaning asosiy vazifalari belgilandi

 

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzib chiqildi va komissiyaning asosiy vazifalari belgilab berildi.

 

Birinchi vazifa: Takliflarni to‘plash, umumlashtirish, shakllantirish asosida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qonun loyihasini tayyorlash;

 

Ikkinchi vazifa: Davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspertlik xulosalari, statistik maʼlumotlar va boshqa axborotlarni so‘rab olish;

 

Uchinchi vazifa: Ilmiy-tadqiqot muassasalari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflari yuzasidan tavsiyalarini, shuningdek, ekspertlar xulosalarini olish;

 

To‘rtinchi vazifa: Konstitutsiyaviy komissiyaning ishiga davlat organlari va nodavlat tashkilotlar vakillarini ekspertlar sifatida jalb qilish;

 

Beshinchi vazifa: Zarurat tug‘ilganda, manfaatdor davlat organlari va nodavlat tashkilotlarga o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun taqdim qilingan takliflarga asosan, boshqa qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

 

Oltinchi vazifa: Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar buzilishi haqida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tegishli idoralarga ko‘rib chiqish uchun yuborish.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Konstitutsiyaviy komissiyaning asosiy vazifalari belgilandi | Zamon.uz