Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Yig‘ilishda 4 ta masala ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Ayni vaqtda Konstitutsiyaviy komissiya o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazyapti. Unga ko‘ra quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
1. Konstitutsiyaviy komissiya ishini tashkil etish, uning huzuridagi Takliflar bilan ishlash guruhi hamda Yig‘ma axborot-tahlil guruhi tarkibi va ularning vazifalari taqsimotini tasdiqlash;
2. Konstitutsiyamizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan takliflarni olish, umumlashtirish va ularga javob qaytarish bo‘yicha ishni tashkil etish tartibini belgilash;
3. Komissiya Matbuot xizmatining tarkibi va media-rejasini maʼqullash;
4. Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushgan dastlabki takliflar bo‘yicha Yig‘ma-axborot tahlil guruhi axborotini tinglash.







