O'zbekiston

O‘zbekistonda yangi geografik axborot laboratoriyasi ochildi

Laboratoriyada yerlarning degradatsiya jarayonlari baholanadi va tuproq holati tahlil qilib boriladi.

O‘zbekistonda yangi geografik axborot laboratoriyasi ochildi


Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot institutida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ko‘magida tashkil etilgan yangi geografik axborot tizimlari (GIS) laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilot “Zamon.uz” nashriga ma’lumot berdi.


Qayd etilishicha, Yangi GIS laboratoriyasi eng zamonaviy kompyuterlar, server (ma’lumotlar markazi), plotter (tuproq xaritalarini chop etish qurilmasi) va GPS bilan jihozlangan.


Ochilish marosimida mutaxassislar yangi laboratoriyaning maqsad va vazifalari, shuningdek, uning ishlash prinsiplari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazishdi. Ilmiy xodimlari eng so‘nggi texnologiyalar asosida jihozlangan yangi laboratoriyaning imkoniyatlari bilan tanishtirildi.


“Geoaxborot texnologiyalari yerlarning degradasiya jarayonlarini baholash va xaritalash,  tuproqlar holatini tahlil qilishning samarador va tezkor axborot  tizimlarini yaratish, tuproq xaritalash ishlarini, an’anaviy xaritalash usullarini zamonaviy kompyuterlashtirish, tadqiq etiladigan hudud to‘g‘risida tez va sifatli ma’lumot olish, geoaxborot texnologiyalarini qo‘llagan holda masofadan zondlash ma’lumotlariga ishlov berish orqali ko‘p yillik monitoring ishlarini olib borishga doir ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishda bir qator imkoniyatlar yaratadi hamda yer degradasiyasini bartaraf yetish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi”, — dedi loyiha milliy boshqaruvchisi Muhammadjon Qosimov.


Ta’kidlanishicha, ushbu loyihaning amalga oshirilishi BMTning qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurashish hamda Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi asosiy konvensiyasini amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda yangi geografik axborot laboratoriyasi ochildi | Zamon.uz