Qashqadaryoda 3 ta avtomobil to‘qnashuvi sodir bo‘ldi
YHXX hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan YHXX ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 26 may kuni Qamashi tumani hududidan o‘tgan “Qarshi–Chem–Chiroqchi–Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 57-kilometrida sodir bo‘lgan. Unda S.A. boshqaruvidagi “Nexia”, X.E. boshqaruvidagi “Lacetti” va F.Yu. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” avtomashianalari o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Avtomobillarga texnik shikast yetgan. Hozirda mazkur YTH yuzasidan Qamashi tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.








