Ramzan Qodirov Polshani 6 soniyada mag‘lub etishini aytdi
“Ukraina boshqa masala, meni Polsha qiziqtiradi”, — degan Checheniston rahbari.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Polsha hujumga uchraydigan Ukrainadan keyingi davlat bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda “Korrespondent.ru” nashri xabar berdi.
“Ukraina yopiq masala. Meni Polsha qiziqtiradi. Ukrainadan keyin zarurat bo‘lsa, olti soniya ichida nimaga qodirligimizni ko‘rsatamiz”, — degan Qodirov.
Shu bilan birga, u 9-may kuni Sovet askarlari yodgorligiga gulchambar qo‘ygan Sergey Andreyevdan “Varshavadagi Rossiya elchisiga qilingan hujum” uchun Polsha rasmiy ravishda Rossiyadan uzr so‘rashi kerakligini talab qilgan.
U, shuningdek, NATO davlatlarini “Amerikaning nog‘orasiga o‘ynamaslikka” chaqirgan.
“Bugungi kunda prezidentimizga xalqning ishonchi yuqori. Dushman hujum qilganda shunday bo‘ladi, hamma birlashadi. Shuning uchun, davlatimiz va prezidentimizga qarshi chiqayotgan so‘zlovchi janoblar, ehtiyot bo‘lishingizni so‘rayman”, — degan Checheniston rahbari.








