O'zbekiston

Sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash uchun 1,5 trln so‘m ajratiladi

Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash uchun 1,5 trln so‘m ajratiladi

 

Bugungi yig‘ilishda qabul qilinadigan qarorlar bilan kerakli shart-sharoitlar yaratib berilishi taʼkidlandi.

 

Eng avvalo, sanoat zonalarida bo‘sh turgan 6,6 ming gektar maydonning elektr, suv, yo‘l va boshqa infratuzilma masalalari hal qilib beriladi.

 

Prezident topshirig‘iga asosan maxsus ishchi guruh sanoat zonalarining infratuzilmasini xatlovdan o‘tkazdi va tumanma-tuman loyihalar ro‘yxatini shakllantirdi.

 

Shu munosabat bilan mutasaddilar, viloyat hokimlariga:

 

  • bir oy muddatda 40 ta sanoat zonasidagi 120 kilometr yo‘l bo‘yicha pudratchilarni aniqlab, qurilish ishlarini boshlash;
  • 1-oktyabrga qadar 246 ta sanoat zonasini elektr tarmog‘i, transformator va podstansiyalar bilan taʼminlash;
  • joriy yilda 200 ta sanoat zonasida 555 kilometr suv tarmog‘i va 110 ta suv inshootini qurib yakunlash topshirildi.

 

Umuman, sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash uchun joriy yilda 1,5 trillion so‘m yoki 2021 yilga nisbatan 2 baravar ko‘p mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Yig‘ilishda hokimlarning ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha rejalari qoniqarsiz ekanligi, bir hafta muddatda ushbu rejalarni ajratilayotgan mablag‘larga mos ravishda qayta ko‘rib chiqishga topshiriq berildi.

 

Umuman, viloyat hokimlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 2 mingta yangi loyihani ishga tushirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Viloyat hokimlari oldiga bu loyihalar hisobiga qo‘shimcha 110 mingta ish o‘rni yaratish, 17,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, kamida 1 milliard dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi.

 

Bundan tashqari, infratuzilmasi hal etilgan sanoat zonalarida 1 mingdan ziyod yangi loyihaga yetadigan yer maydonlari mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Ikki oy muddatda 174 ta maxsus zonada kamida 250 ta yer maydonini auksionga chiqarib, loyihalarni boshlashga ko‘rsatma berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash uchun 1,5 trln so‘m ajratiladi | Zamon.uz