Jahon

"Agar chindan ham qayg‘urayotgan bo‘lsangiz, qurol yuboring!"

Ukraina tashqi ishlar vaziri mamlakat sharqidagi vaziyat hamma o‘ylagandan ham yomonroq ekanidan ogohlantirdi.

"Agar chindan ham qayg‘urayotgan bo‘lsangiz, qurol yuboring!"

 

Dmitriy Kuleba Twitter‘da o‘z obunachilari tomonidan yuborilgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berar ekan, Ukraina ko‘proq qurolga muhtojligini aytdi.

 

"Qurol, qurol va yana bir bor qurol, — dedi Kuleba xalqaro hamjamiyatga murojaatida. — Biz artilleriyasiz, raketa tizimlarisiz rus qo‘shinlarini ortga qaytara olmaymiz. Agar siz haqiqatan ham Ukraina haqida qayg‘ursangiz, Ukraina o‘z hududlarini qaytarib olishini istasangiz, bizga imkon qadar tezroq raketa tizimlarini yuboring".

 

Uning eslatishicha, bir muddat avval Qo‘shma Shtatlar ushbu qurollarni yetkazib berishini aytgan, biroq hozircha yetkazib berilmagan.

 

"Bizning ulardan yagona iltimosimiz bu qarorni imkon qadar tezroq qabul qilishdir, chunki biz uchun har bir kun halok bo‘lganlar, yo‘qolgan kilometrlar degani", — dedi Kuleba.

 

Uning fikricha, boshqa davlatlar ham o‘zlari shunday qaror qabul qilishdan oldin AQSHning bu qadamini kutishmoqda. Kulebaning taʼkidlashicha, ukraina raketa tizimlarini qabul qilsa va yetarlicha og‘ir qurollarga ega bo‘lsa, Xersonni ozod qila oladi.

 

CNN telekanali nomi oshkor etilmagan bir qancha rasmiylarga tayanib, Bayden maʼmuriyati Ukrainaga Kiyev so‘ragan ilg‘or uzoq masofali raketa tizimlarini yetkazib berishga tayyorlanayotgani haqida xabar berdi.

 

Teleradiokompaniya manbalariga ko‘ra, maʼmuriyat kelgusi haftada eʼlon qilinishi mumkin bo‘lgan kattaroq harbiy yordam paketining bir qismi sifatida tizimlarni joylashtirishga intilmoqda.

 

So‘nggi kunlarda AQSH maʼmuriyati va NATO rahbariyati Ukrainaga avvaldan vaʼda qilingan og‘ir qurollarni topshirishni kechiktirgani uchun ham Ukraina rasmiylari, ham baʼzi G‘arb siyosatchilari tomonidan tanqid ostiga olindi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

"Agar chindan ham qayg‘urayotgan bo‘lsangiz, qurol yuboring!" | Zamon.uz