AQSH va Yaponiya dengizda yirik mashg‘ulotlar o‘tkazdi
Bundan avval ikki davlat harbiy-havo kuchlari ham o‘quv mashqlariga jalb qilingandi.

AQSH va Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari Ronald Reagan atom aviatashuvchisi ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda yapon harbiy qo‘mondonligi maʼlum qildi.
Mashg‘ulotlar Tinch okeanida o‘tkazilgan. U 24-26 may kunlari bo‘lib o‘tgan. O‘quv mashqlarida dushman suvosti kemalariga qarshi harakatlarlar ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Aprel oyida AQSH harbiy-dengiz kuchlari Abraham Lincoln aviatashuvchisi ishtirokida 10 kun davomida Yaponiya kemalari bilan birgalikda Sharqiy Xitoy va Yapon dengizlarida yirik mashg‘ulotlar o‘tkazgandi.
Avvalroq Vashington va Tokioga qarashli qiruvchi samolyotlar ham o‘quv mashqlarida ishtirok etgandi.







