Rossiya Farg‘onada mineral o‘g‘itlar zavodi qurishi mumkin
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rossiyalik investorlar bilan muzokara o‘tkazdi.

Rossiya investorlari O‘zbekistonda mineral o‘g‘it ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda "RosTOK" investitsion shirkat direktori Andrey Shkurin Farg‘ona viloyati hokimi bilan uchrashuvda maʼlum qilgan.
Hokim Xayrullo Bozorov ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Qo‘shtepa, Yozyovon, Rishton va Oltiariq tumanlari hududini taklif qilgan. Investor loyihani boshlashdan avval mahalliy tuproq tarkibini o‘rganilishini qayd etgan.
Bundan tashqari, Farg‘onada mehmonxona qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Avvalroq Toshkent viloyati markazida Koreya markazi qurilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







