O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev YeOII anjumanida nutq so‘zladi

Prezident mamlakatlar barqarorligi uchun jiddiy xatarga aylangan inqirozli hodisalarni qayd etib, birgalikda yechim topishni taqozo etayotgan eng dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev YeOII anjumanida nutq so‘zladi

 

Bugun, 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida videoanjuman shaklida o‘tgan tadbirda Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) huzuridagi kuzatuvchi mamlakat — Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Bermudes va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Mixail Myasnikovich ham qatnashdi.

 

Yig‘ilish kun tartibidan YeOII makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va integrasiya jarayonlarini chuqurlashtirish, shu jumladan iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport va boshqa yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni mustahkamlash masalalari o‘rin oldi.

 

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqining avvalida Qirg‘iziston YeOIIga raislikni faol amalga oshirayotgani, bu tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.

 

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan pandemiyaning salbiy oqibatlari yumshatilgani hamda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikda ijobiy sur’at ta’minlanayotgani ta’kidlandi. Xususan, O‘zbekistonning YeOII bilan tovar ayirboshlash hajmi 2021 yilda 30 foizga, joriy yil boshidan esa yana 33 foizga oshdi. YeOII mamlakatlaridan jalb qilinayotgan investisiyalarning yillik o‘sishi qariyb 25 foizni tashkil etmoqda.

 

Dunyoda ro‘y berayotgan shiddatli o‘zgarishlar va mamlakatlar barqarorligi uchun jiddiy xatarga aylangan inqirozli hodisalarni qayd etib, O‘zbekiston rahbari birgalikda yechim topishni taqozo etayotgan eng dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

 

Prezident O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishni davom ettirish va sertifikatlashtirishni o‘zaro tan olishga chaqirdi. Bu tovarlarning bozorlarga kirib borishini ancha soddalashtirishga xizmat qiladi.

 

Birgalikda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali agrosanoat kooperasiyasini kengaytirish alohida dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Bu boradagi natijadorlikni oshirish maqsadida hududlararo aloqalarni faollashtirishni nazarda tutadigan Agrokooperasiya dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.

 

O‘zbekiston yetakchisi muqobil transport yo‘laklarini yanada rivojlantirish hamda Janub va Sharq yo‘nalishida transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash zarurligiga e’tiborni qaratdi. Shu munosabat bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘lini barpo etish loyihasini amalga oshirishni tez fursatda boshlash muhim ekani ta’kidlandi.

 

Termiz shahridan Pokistonning Peshovar shahrigacha Janubiy Osiyo va uning ikki milliard nafar iste’molchiga ega bozoriga chiqish uchun eng qisqa yo‘lni ta’minlaydigan transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorlik bildirildi.

 

Davlat rahbari mamlakatlarning innovasion salohiyatidan yanada samarali foydalanish hamda tadbirkorlar o‘rtasida, eng avvalo, yuqori texnologiyalar sohasida sanoat kooperasiyasini amalga oshirishning yangi shakllarini rivojlantirish tashabbusini ilgari surdi.

 

Toshkent shahrida YeOII mamlakatlarining mingdan ziyod kompaniyasi ishtirokida «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazilgani bu borada birinchi amaliy qadam bo‘ldi.

 

Kimyo, farmasevtika, mashinasozlik, uskunasozlik, elektronika va boshqa sohalarda kooperasiya aloqalarini rag‘batlantirish va mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish taklif etildi. Bunda ilmiy-tadqiqot institutlari va texnologiyalar yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini yanada kengroq ishga solish muhim.

 

Iqtisodiy taraqqiyotning tabiiy drayveriga aylanishi lozim bo‘lgan turizm sohasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi yo‘lovchi transporti qatnovini to‘liq hajmda tiklash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Davlat rahbari O‘zbekistonda YeOII mamlakatlarining yetakchi kompaniyalari ishtirokida Turizm industriyasini rivojlantirish forumini o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

 

Prezident o‘z nutqining yakunida O‘zbekistonning mamlakatlar barqaror taraqqiyotini ta’minlash va farovonligini yuksaltirish maqsadida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va ko‘p qirrali sheriklikni izchil mustahkamlashga intilishi qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev YeOII anjumanida nutq so‘zladi | Zamon.uz