O'zbekiston

Turkiya armiyasining generali O‘zbekistonga keldi

Tashrif doirasida nimalar muhokama qilingani ma’lum bo‘ldi.

Turkiya armiyasining generali O‘zbekistonga keldi

 

Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, armiya generali A. Chardakchi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tashrif “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i hamda Mustaqillik monumenti bilan tanishishdan boshlangan. Shundan so‘ng Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Suhbat davomida tomonlar o‘zaro fikr almashib, ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda yaqin istiqboldagi amaliy hamkorlik rejalari muhokama qilingan.


Muzokaralar yakunida tomonlar Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni, armiya generali A. Chetinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida kadrlar tayyorlash, qo‘shma amaliy tadbirlar, seminar va treninglar tashkil etish sohasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirgan. 


Tashrif dasturiga ko‘ra, delegatsiya a’zolari “Temurbeklar maktabi”, Toshkent harbiy-akademik liseyi faoliyati va o‘quv jarayoni bilan tanishgan va shu bilan bir qatorda, Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi, Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Kavaleriya eskadronida bo‘lishgan.


Bundan tashqari, mehmonlar “Ming O‘rik” arxeologik muzeyiga ham tashrif buyurib, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi ekspozisiyalari bilan tanishgan. Delegatsiya a’zolarining tashrifi an’anaviy do‘stona muhitda, ishonch va o‘zaro hurmat ruhida bo‘lib o‘tgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Turkiya armiyasining generali O‘zbekistonga keldi | Zamon.uz