Yevropa Markaziy banki rahbari: Yevropa – misli ko‘rilmagan kuch
Kristin Lagard YIning ayrim davlatlarini xudbinlikda ayblagan.

Yevroittifoq davlatlari kollektiv qudratini ko‘rsatishi kerak. Bu haqda Yevropa Markaziy banki rahbari Kristin Lagard maʼlum qildi.
“Yevropa kollektiv qudratidan ko‘proq foydalanishi kerak... Yevropa – misli ko‘rilmagan kuch. Ammo ayrim vaqtlarda biz o‘z jamoamizga qarshi o‘ynaymiz. Shu tariqa harakatni sekinlashtiramiz”, – degan bank rahbari.
Shu bilan birga Lagard ayrim davlatlarni egoizmda ayblagan.
Avvalroq Buyuk Britaniya YI o‘rniga boshqa alyans tuzishni taklif qilgandi.







