Biz milliardlab dollar sarflagan aviabazani Xitoy egallab oladi — Tramp
Donald Tramp yana Pekinga "tosh otdi".

Xitoy yaqin orada Afg‘onistondagi Bagram aviabazasini egallashi mumkin. Bu haqda AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi.
"Biz harbiy kontingent sonini 2 mingga qisqartirdik, ammo men Bagramni saqlab qolmoqchi edim. Bu juda yaxshi aviabaza, biz unga milliardlab dollar sarfladik, uni Afg‘oniston uchun saqlab berdik. U Xitoy yadro quroli tayyorlaydigan joyga bir soatlik masofada joylashgani uchun saqlagan edik. Ammo bir kechada barchasini tashlab ketdik", — degan u.
Sobiq prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy hali Bagramni egallamagan bo‘lsa, buni tez orada amalga oshiradi.
Avvalroq Afg‘oniston aholisining 55 foizi ochlikdan aziyat chekayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







