Jahon

Dunyoda guruch narxi ko‘tarilishi mumkin

Eng yirik eksportyor davlatlar sholi narxini oshirmoqchi.

Dunyoda guruch narxi ko‘tarilishi mumkin

 

Tailand va Vyetnam dunyo bozoridagi o‘rnini mustahkamlashi uchun birgalikda guruch narxini oshirishi kerak. Bu haqda Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha maʼlum qildi.

 

Tailand hukumatining taʼkidlashicha, bu tadbir millionlab fermerlarga foyda keltirishi mumkin. Guruch eksportida eng muhim ikki davlatning ushbu harakatlari oziq-ovqat tanqisligini kuchaytirishi xavfi mavjud.

 

Tailand hozirgacha narx oshishini eʼlon qilmagan bo‘lsada, dunyo bozorida shakllangan vaziyatdan foydalanmoqchi. Mamlakat savdo vaziri Jurin Laksanavisitning so‘zlariga ko‘ra, tailandlik fermerlar bu yil 8 million tonna guruch yetishtiradi.

 

Bundan tashqari, tez orada Hindiston ham sholi eksportiga moratoriy joriy qilishi mumkin. Bu davlat dunyo bozoriga 40 foiz guruchni yetkazib beradi.

 

Avvalroq JSST dunyoda ochlik xavfi kuchayganini maʼlum qilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Dunyoda guruch narxi ko‘tarilishi mumkin