JDPI bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi
U talabaning o‘qishini ko‘chirib berish evаziga 2,5 ming dollar so‘ragan.

Jizzax shahrida o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan institut bo‘lim boshlig‘i ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Ma’lum qilinishicha, Departament va DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i B.I. fuqaro V.ning Toshkent shahridagi “Y.T.” universitetining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi o‘qishini tanishlari yordamida institutning ushbu yo‘nalishdagi fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








