Namanganda yangi qurilgan ko‘prikni sel yuvib ketayotgani aytildi
Holatga viloyat FVB tezkor munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarini bog‘lab turuvchi “Begabod” ko‘prigini sel yuvib ketayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilninig 22-may kuni viloyatda yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida Yangiqo‘rg‘on tumani Iskovot–Baliqko‘l yo‘lining 6-7 kilometridagi ko‘prikning chap tomoni yemirilgan. Bugun, 27-may kuni ham soyda suv ko‘payishi kuzatilgan. Buning oqibatida ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlari va ekin maydonlariga zarar yetmagan.
“Hozirda ko‘prik to‘liq nazoratga olingan hamda sel kelish xavfini oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari kunu-tun shay holatda”, — deyiladi xabarda.








