Pyotr Poroshenko Ukraina — Polsha chegarasidan o‘tkazilmadi
Sobiq prezidentga hech qanday tushuntirish berilmagan.

Yevropa birdamligi partiyasi o‘rinbosari Irina Garashchenkoning maʼlum qilishicha, Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina — Polsha chegarasidan qaytarib yuborildi. Bu haqda Kommersant.ru xabar berdi.
“Kuni kecha “Yevropa birdamligi” partiyasi yetakchisi Pyotr Poroshenkoning xorijiy safarlarini eʼlon qildi.
U NATO Parlament Assambleyasi rasmiy delegatsiyasi tarkibiga kiradi va u ham YEPP sammitida so‘zga chiqishga taklif qilinadi (Yevropa xalq partiyasi. – Tahr).
Bu parlamentning rasmiy xizmat safarlari, barcha taklifnomalar Oliy Rada rahbarida bor va delegatsiyalar tarkibi haqidagi barcha tegishli farmoyishlar Xalqaro ishlar qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va Oliy Rada rahbari Ruslan Stefanchuk tomonidan imzolangan», — deb yozgan Gerashchenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenkoga hech qanday tushuntirishsiz chegarani kesib o‘tishga ruxsat berilmagan.
“Rava-Russkaya nazorat-o‘tkazish punkti chegarachilari “soxta yoki bekor qilingan buyruq” haqida qandaydir bemaʼni gaplarni aytishdi”, — deya qo‘shimcha qildi u.







