Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi avtohalokatga uchradi
Holat yuzasidan YHXX ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida 2 ta amtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan YHXX rasmiy ma’lumot berdi.
Voqea bugun, 27-may kuni soat 16:20 atrofida Ellikqal’a tumani Qilchinoq OFY hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 615-kilometrida sodir bo‘lgan. 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi M.N. yo‘l qoidalarini qo‘pol tarzda buzib, “Lacetti” rusumli avtomobilni mast holda boshqargan va qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib ketgan. Shundan so‘ng ro‘parasidan kelayotgan haydovchi J.I. boshqaruvidagi “Labo” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. Zarb oqibatida “Labo” avtomobili ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. IIB YHXX xodimlari tomonidan haydovchi M.N. mast holda avtomobil boshqarganligi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








