Andijonda 11 yoshli qizni kaltaklagan o‘gay onaga jinoyat ishi ochildi
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov boshlangan.

Avvalroq Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 11 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan kaltaklab kelingani va bu holat IIB toimonidan o‘rganilayotgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirib, ish bo‘yicha tergov boshlanganini bildirdi.
Aniqlanishicha, fuqaro M.X. 2016 yilda S.X. bilan qonuniy nikox qurib, Oltinko‘l tuman “Ganjiravon” MFY Gulchilar ko‘chasi 46-uyda yashab kelgan. S.X. ning oldingi turmushidan bo‘lgan qizi, voyaga yetmagan X.I. ni muntazam ravishda urib tan jaroxati yetkazib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.X. ga nisbatan joriy yilning 28 may kuni Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Tergov viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.








