Buyuk Britaniyada 7,5 mln dollarlik superyaxta yonib ketdi
26 metrli kemada tonnalab dizel yonilg‘isi bo‘lgan.

Buyuk Britaniyada bortida 9 tonna dizel yonilg‘isi bo‘lgan “Rendezvous” superyaxtasi yonib ketdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea Devon portida yuz bergan. Kema yong‘indan so‘ng dizel yonilg‘isi bilan birga suvga cho‘kib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Ekologlar dizelning Atlantika okeaniga to‘kilishi suv jonzotlariga ziyon yetkazishi mumkinligini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senegal sohilida ichida 60 kishi bo‘lgan muhojirlar qayig‘i ag‘darilib ketgandi. Oqibatda 48 kishi bedarak yo‘qolgan.
Javohirbek TURSUNOV








