Nukusda Laсetti haydovchilari yo‘l talashib, bir-biri bilan to‘qnashib harakatlandi
YHXX ularga qanday chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Joriy yilning 26-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida nikoh to‘yi marosimida guruh bo‘lib harakatlanib, qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarga tegishli chora ko‘rildi. Bu haqda YHXX xabar berdi.
Aniqlanishicha, Nukus shahri Rejissyorlar ko‘chasida yashovchi fuqaro A.J. va Chimboy tumani Paraxatshilik ko‘chasida yashovchi fuqaro B.R. o‘zlariga tegishli bo‘lgan Laсetti rusumli avtomashinalarida to‘y kartejida guruh bo‘lib harakatlanib, Nukus shahri P.Seytov ko‘chasida qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan.
Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 129-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinalar vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Bundan oldin Jizzax viloyatida Neksiya haydovchisi harakat vaqtida uxlab qolib, avtohalokatga uchragani hamda voqea joyida halok bo‘lgani habar qilingandi.








