Samarqandda ko‘knori yetishtirgan shaxs ushlandi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bilan ish ochilgan.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida giyohvandlik vositalarini yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan B.M. o‘z yashash xonadonida 150 tup “ko‘knori” va 1 tup “marixuana” giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 270- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








