O'zbekiston

Surxondaryoda qadimiy budda haykali topildi

Avvalroq Sariosiyodan Mirzo Ulug‘bek davriga tegishli ot haykalcha topilgandi.

Surxondaryoda qadimiy budda haykali topildi

 

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, haykalcha tumanning Shahriobod mahallasi Hurvatan qishlog‘ida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan. Unda buddaning o‘tirgan holati tasvirlangan. 


“Hozirda yodgorlik “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirilmoqda”, — deyiladi xabarda. 


Ma’lumot uchun: Surxondaryo vohasi, xususan Termiz shahri milodiy 1-3 asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Bu haqda Xitoyning tarixiy manbalari ham guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari shular jumlasidandir.  


Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi To‘palang daryosi o‘ng qirg‘og‘idan bronza quyma uslubda yasalgan ot haykalcha topilgandi.

 

Javohirbek TURSUNOV

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Surxondaryoda qadimiy budda haykali topildi | Zamon.uz