Toshkentning “Chorsu” bozorida sifatsiz go‘sht sotilayotgani aniqlandi
Jami 300 kiloga yaqin go‘sht mahsulotlari yoqib yo‘q qilingan.

Toshkentdagi “Eski Juva” dehqon bozorida o‘tkazilgan sanitariya nazoratidan so‘ng iste’molga yaroqsiz go‘sht va sut mahsulotlari aniqlanib, yo‘q qilindi. Bu haqda sanitariya-epilemiologiya xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bozor hududida sotilayotgan 250 kg ot go‘shti, 60 dona tozalanmagan kalla, 50 dona mol tuyog‘i, 35 kg kalla go‘shti, 43 litr sut utilizatsiya qilingan.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan bozorning tozalik bo‘yicha muovini R.Yusupovga, sut mahsulotlari rastasi noziri X.Axunxo‘jayevga, go‘sht mahsulotlari rastasi noziri D.Dadabayevga ma’muriy bayonnoma tuzildi.








