Zelenskiy Xarkovga tashrif buyurdi
Prezident u yerda harbiylar bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Bugun, 29-may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkov viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident devoni raxbari Andrey Yermak o‘zining telegram kanalida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari harbiylar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning ayrimlariga mukofot topshirgan. Shuningdek, uy-joy fondini modernizatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.
Mahalliy OAVning yozishicha, bu Prezident Zelenskiyning Rossiya maxsus operasiyasi boshlanganidan buyon Kiyevdan tashqariga uyushtirgan ilk safari hisoblanadi.








