O'zbekiston

22 turdagi oziq-ovqat bojxona bojlaridan ozod qilindi

Prezident aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi.

22 turdagi oziq-ovqat bojxona bojlaridan ozod qilindi

 

Bugun, 31 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq cheklovlar va narxlarning o‘sishi kun sayin kuchaymoqda. Jahon bozorlarida bug‘doy narxi 50 foizga, o‘simlik yog‘i 33 foizga, shakar 14 foizga, neft 47 foizga oshdi.  Albatta, bu mamlakatdagi narx-navoga ham ta’sir ko‘rsatyapti. Masalan, may oyida Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida kartoshka, un, shakar qimmatlashgan.

 

Shu bois yig‘ilishda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, jumladan, parrandachilik va chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.

 

Arzon, to‘yimli va tez yetishtiriladigan mahsulotlar bu parranda go‘shti va tuxumdir. Lekin, ko‘p viloyatlarda parranda go‘shti aholi talabiga yarasha yetishtirilmayapti. Bu yo‘nalishdagi 50 dan ziyod yirik korxona yarim quvvatda ishlamoqda. Ularni ozuqa, jumladan, bug‘doy bilan ta’minlashda qiyinchiliklar mavjud.

 

Bu masalani hal etish uchun aniq chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, 1 iyundan boshlab parrandachilik xo‘jaliklariga bug‘doy sotib olish uchun 400 milliard so‘m “revolver” kredit ajratiladi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi orqali kredit garovining 50 foiziga kafillik beriladi va 17 foizidan oshgan qismi kompensasiya qilinadi. Shuningdek, parrandachilik xo‘jaliklariga aylanma mablag‘ uchun beriladigan kredit muddatini uzaytirish taklifi bildirildi.

 

Parranda mahsulotlari bozorini tahlil qilish va loyihalarni to‘g‘ri joylashtirish, ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Xonaki tovuqlarni kooperasiya asosida boqish ham yaxshi samara beradi. Misol uchun, Nurobod tumanida tadbirkorlar inkubator tarqatib, aholi bilan birga, parranda go‘shti va tuxum yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan edi. Bugungi kunda bu mahsulotlar tumandan ortib, Samarqand shahri va qo‘shni tumanlarga ham yetkazib bermoqda.

 

Yig‘ilishda ushbu tajribani kengaytirib, parrandachilik xo‘jaliklarini muayyan mahallalarga biriktirish, aholiga parrandachilik bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Bunday xo‘jaliklarga har bir mahalla uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari asosida 200 million so‘mdan imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ular bu mablag‘ hisobidan aholini jo‘jalar va ozuqa bilan ta’minlaydi.

 

Chorvachilik – aholi to‘qligi va narx-navo barqarorligida muhim soha. Eng ko‘p turdagi oziq-ovqat mahsulotlari shu tarmoqda yetishtiriladi.

 

Joriy yil 8 fevralda “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, chorvachilik xo‘jaliklariga go‘shtning har bir kilogrammi uchun to‘lanadigan subsidiya 2 ming so‘mdan 4 ming so‘mga, sutning har bir litri uchun 200 so‘mdan 400 so‘mga oshirildi. Xorijdan olib kelinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasi barcha to‘lovlardan ozod etildi. Sohaga 170 million dollar imtiyozli kredit liniyalari ochildi. 200 ming gektardan ziyod paxta va g‘alla maydonlariga ozuqabop ekinlarni almashlab ekish belgilandi.

 

Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar hududlar kesimida ko‘rib chiqildi. Xususan, sohadagi imkoniyatlardan foydalanib, Andijon, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 18 ming bosh molga mo‘ljallangan 35 ta chorvachilik xo‘jaligi tashkil qilindi. Lekin, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 70 ta kompleksni ishga tushirish kechikayotgani qayd etildi. Aholi xonadonlarida kooperasiya usulida go‘sht va sut yetishtirish ham tizimli yo‘lga qo‘yilmagan.

 

Bundan tashqari, paxta va g‘allaning o‘rniga almashlab ozuqa ekiladigan 200 ming gektar maydon bo‘yicha ham ishlar haligacha aniq rejalashtirilmagan.

 

Shu bois Bosh vazir o‘rinbosariga almashlab ekishni har bir tuman kesimida aniq tasdiqlab, tashkil etish, fermerlarni serhosil ozuqa urug‘lari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, chorva xo‘jaliklari va aholi xonadonlariga veterinariya xizmati ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish muhimligi alohida ko‘rsatib o‘tildi.

 

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Xususan, go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i kabi 22 turdagi oziq-ovqat joriy yil 1 maygacha bojxona bojlaridan ozod qilingan edi. Endi bu muddat 2023 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. Shuningdek, oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash to‘xtatib turiladi. Davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga bozorda raqobatni ta’minlash va narxlar asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Yig‘ilishda viloyat va tuman hokimlari, oziq-ovqat tarmoqlari rahbarlari axborot berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

22 turdagi oziq-ovqat bojxona bojlaridan ozod qilindi | Zamon.uz