Germaniya tez orada Yevropadagi eng katta armiyani yaratadi – Sholts
Germaniya kansleri Ukrainaga harbiy yordam masalasida fikr bildirdi.

Olaf Sholts Germaniyada tez orada Yevropadagi eng yirik armiya yaratilishini maʼlum qildi. Bu haqda kansler nemis OAVlariga bergan intervyusida aytgan.
“Germaniya tez orada NATO doirasida Yevropadagi eng yirik odatiy armiyaga ega bo‘ladi”, – degan siyosatchi.
Sholtsning qo‘shimcha qilishicha, bu Berlin va uning ittifoqchilari xavfsizligini sezilarli darajada kuchaytiradi. Bundan tashqari, Germaniya hukumati rahbari Ukrainaga harbiy yordam masalasida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati yetarli darajada ko‘mak bermayotgani uchun noo‘rin tanqid qilinmoqda.
“Biz qurol berganmiz va bundan buyon ham ko‘proq harbiy yordam yetkazib beramiz”, – deb qayd etgan kansler.
Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel YEIni qudratli harbiy kuchga aylanishga chaqirgandi.







