Jahon

Germaniya o‘zbekistonlik hamshiralarga ish taklif qilmoqda

Oylik maosh esa 2 ming dollardan yuqori.

Germaniya o‘zbekistonlik hamshiralarga ish taklif qilmoqda

 

Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” kompaniyasi tibbiyot sohasida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega o‘zbekistonliklarni ishga oladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

O‘rta maxsus ma’lumotga ega nomzodlar ham ishga qabul qilinishi mumkin.

 

Nomzodlar uchun talablar:

•  Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli bo‘limlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) bo‘lishi;

•  39 yoshdan oshmagan bo‘lishi va shifoxonada ish tajribasiga ega bo‘lishi (stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);

•  sudlanmagan, jismonan sog‘lom, tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan, bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

•  Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida o‘qish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);

•  nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi hamda Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi kerak.

 

Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolarga Toshkent shahrida bepul turar joy, o‘quv xonasi va oylik stipendiya sharoitlari yaratib beriladi.

 

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Germaniya o‘zbekistonlik hamshiralarga ish taklif qilmoqda | Zamon.uz