Qashqadaryoda Laсetti haydovchisi fuqaroni urib yubordi
Oqibatda fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

Bugun, 31 may kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Lacetti haydovchisi fuqaroni urib yuborib, yo‘l-tansport xodisasi sodir etdi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro E.Sh Lacetti rusumli avtomashinasida “Qo'shchinor” MFY hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining 1179-kilometrida yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomonga velosipedda kesib o‘tayotgan B.O. ni urib yuborgan. Oqibatda B.O. tan jarohati olib, Yakkabog‘ tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








