Yevropani jiddiy harbiy kuchga aylantirish taklif qilindi
Bunga Ukraina nizosi sabab bo‘lgani aytildi.

Yevroittifoq jiddiy harbiy kuchga aylanishi zarur. bu haqda YEI tashqi siyosiy xizmati rahbari Jozep Borrel maʼlum qildi.
U bu haqda ittifoq davlatlari sammitida gapirgan. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina nizosi Yevropa uchun yumshoq kuch yetarli emasligini ko‘rsatdi.
“Ukraina nizosi asosida bir narsani angladik: savdo, qonun ustuvorligi, kuchli fuqarolik derjavasi bo‘lish yetarli emas. Yevroittifoq jiddiy harbiy kuchga ham aylanishi kerak”, – degan Borrel.
Avvalroq Buyuk Britaniya YEI o‘rniga yangi alyans tuzmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







