Yuqori qavatdan uy olishga qo‘rqmang
Endilikda ko‘p kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkaziladi

“O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–144-son, 30.05.2022 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish konsepsiyasi hamda uni 2022 – 2023-yillarda amalga oshirish “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-sentyabrdan respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifagamansub obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi.
Seysmik zaif ijtimoiy soha obyektlarining ro‘yxati har yili 1-aprelgacha shakllantirib boriladi hamda instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish ishlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tashkillashtiriladi.
2022-yil 1-oktyabrdan respublikadagi ko‘p kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi va xatlov natijasiga ko‘raekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.







