O'zbekiston

Har bir fuqaroning sog‘ligi nazoratda bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi.

Har bir fuqaroning sog‘ligi nazoratda bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

 

Bugun, 1-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida sog‘liqni saqlash sohasidagi vazifalar ijrosi hamda kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda Prezident mutbuot xizmati xabar berdi. 

 

Joriy yil 18 mart kuni davlat rahbari tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazgan edi. Unda aytilgan muammo va takliflar asosida, zamonaviy davolash amaliyotlarini tatbiq qilish, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, soha xodimlarining oylik maoshlarini oshirish kabi ko‘plab vazifalar belgilangan edi.

 

Yil boshidan buyon joylarda 85 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar ochilishi natijasida 700 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmatlar yaqinlashdi. Hududlarda xirurgiya yo‘nalishida qo‘shimcha 27 turdagi, endokrinologiyada 7, kardiologiyada 14 turdagi yuqori texnologik amaliyotlar joriy qilindi.

 

O‘tgan oylarda Davlat sug‘urta jamg‘armasidan 25 ming nafardan ziyod ehtiyojmand aholiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Farg‘onada 87 ming aholi manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bugundan tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 30 foizgacha oshirildi.


Yig‘ilishda shu kabi amaliy ishlar bilan birga galdagi vazifalar ham muhokama qilindi.


“Inson qadri tamoyilini inobatga olib, oxirgi yillarda tibbiyot sohasida ham ko‘p farmon va qarorlar qabul qildik. Global sinovlarga qaramasdan, tibbiyot xodimlarining oyliklarini ko‘tarish choralarini ko‘rdik. Hamma joyda, eng chekka qishloqda ham tizim namoyon bo‘lishi kerak. Har bir fuqaroning sog‘ligi nazoratda bo‘lishi kerak”, — dedi davlat rahbari.


Yig‘ilishda mutasaddilar sohada boshqaruv va moddiy sharoitlarni yaxshilash, davolash protokollarini o‘zgartirish, tibbiy sug‘urta tizimini kengaytirish, tibbiy ta’limni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha axborot berdi.


Avvalo, birlamchi bo‘g‘inga e’tibor qaratilib, joriy yil yakunigacha yana 51 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalarni ishga tushirish, mingta mahallada tibbiy punktlar tashkil qilish, aholini manzilli skriningdan o‘tkazish vazifalari belgilandi. Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlarning borishi ko‘rib chiqildi.  

 

Hududiy shifoxonalarda yuqori texnologik amaliyotlar turini 250 taga yetkazish, buning uchun ulardagi tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, yangi imtiyozli davolash tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Prezident sohani raqamlashtirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Avval berilgan topshiriqqa ko‘ra, tibbiyot muassasalarining bu boradagi infratuzilmasi yangilanmoqda. Hududlardagi shifoxonalar kompyuterlar bilan ta’minlanib, lokal tarmoqqa ulanmoqda. Xalqaro standartlar asosida yagona klassifikator, reestr va ma’lumot almashinuvi dasturi ishlab chiqilmoqda.

 

Yig‘ilishda sog‘liqni saqlashning barcha bo‘g‘inlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirib, o‘zaro bog‘lash, muassasalarni zamonaviy jihozlash, pullik xizmatlar hajmi va turlarini ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Shu yil 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, 191 ta tuman va shahar markaziy shifoxonalarida bolalar reanimasiya bo‘limlari, 208 ta ko‘p tarmoqli poliklinika hamda Toshkent shahridagi 71 ta oilaviy poliklinikada bolalar bo‘limlari tashkil etildi.

 

Davlat rahbari bunday bo‘limlarni qolgan tumanlarda ham ochish, shu bilan birga, Akusherlik va ginekologiya, Aholi reproduktiv salomatligi hamda Skrining markazlari faoliyatini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

 

Sanitariya-epidemiologiya tizimini transformasiya qilish, sanitariya qoidalari va standartlarini yangilash, yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan ham topshiriqlar berildi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirining har bir o‘rinbosariga o‘zlari mas’ul bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Har bir fuqaroning sog‘ligi nazoratda bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz