Hindiston delegatsiyasi Kobulga keldi
Bu “Tolibon” hokimiyatni egallagandan so‘ng Dehli tomonidan jo‘natilgan birinchi delegatsiya.

Hindiston TIV delegatsiyasi Kobulga tashrif bilan keldi. Bu haqda mamlakat tashqi siyosiy idorasi maʼlum qildi.
Tashrifdan maqsad – Afg‘onistonga jo‘natilgan gumanitar yordam bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish. Shu bilan birga hind diplomatlari “Tolibon”ning yuqori martabali amaldorlari bilan muzokara o‘tkazadi.
Bundan tashqari, insonparvarlik yordami taqsimoti bilan shug‘ullanayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari bilan ham uchrashuv belgilangan. Hindiston dastur va loyihalari amalga oshirilayotgan joylarga borish rejalashtirilgan.
TIV maʼlumotlariga ko‘ra, Nyu-Deli shu kunga qadar Afg‘onistonga 20 ming tonna bug‘doy, 13 tonna dori-darmon va 500 ming doza koronavirusga qarshi vaksinalardan iborat gumanitar yordam yetkazganini qayd etgan.
Bu toliblar hokimiyatni egallagandan so‘ng Hindiston tomonidan kelgan ilk delegatsiya bo‘ladi.
Avvalroq Afg‘oniston tashqi ishlar vazifasini v.b. Amir Xon Mutaqqiy Dehlini Kobuldagi elchixonasini qayta ochishga chaqirgandi.







