Investitsiya vazirligi xodimlari davlat tuzilmalariga rahbarlikka tayinlandi
Tayinlovlar 4 ta sohada amalga oshirildi.

Investitsiya vazirligida vazirlik xodimlarini davlat tuzilmalariga rahbarlik lavozimlariga tayinlov o‘tkazildi.
➖ijtimoiy soha va farmatsevtika sanoati Boshqarmasi boshlig‘i Egamov Ulug‘bek Abduvaliyevich Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;
➖yengil va elektr sanoati Boshqarmasi boshlig‘i Sultonov Mirmuhsin Mirsodiqovich “O‘ztekstilsanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;
➖ Geologiya, tog‘ – kon sanoati, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish materiallari Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Egamberdiyev Bunyod Baxtiyarovich O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi;
➖Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i Jumayev Shohjahon Shokirovich O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.







