Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif Joriy yilning 2–5-iyun kunlariga to‘g‘ri keladi. Delegatsiya tarkibida Mo‘g‘uliston biznes tuzilmalarining qator rahbarlari bor.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklarida muzokaralar o‘tkazish maqsad qilingan.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va yirik kompaniyalari vakillari ishtirokida muzokaralar hamda biznes-forum tashkil etilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Mo‘g‘uliston bozoriga eksport qilish bo‘yicha yangi loyiha va shartnomalar muhokamasiga bag‘ishlanadi.







