Qarshidagi harbiy qismda 18 yoshli askar vafot etdi
Holat bo‘yicha vazirlik ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatida ikki oy oldin armiyaga kuzatilgan yigit yurak xurujidan vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Mudofaaa vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahridagi harbiy qismda xizmatni o‘tagan muddatli harbiy xizmatchining vafot etganligi holati yuzasidan bugungi kunda Qarshi harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Bosh prokuratura mazkur holat sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishini va natijasi haqida qo‘shimcha xabar berilishini bildirgan.







