Germaniyada yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketib, ag‘darildi
Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Germaniya janubida mintaqaviy poyezd relsdan chiqib, ag‘darilib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, yana 30 kishi jarohat olgani aytilmoqda. Ularning15 nafari og‘ir yaralanib, shifoxonalarga yuborilgan.
Bavariyadagi tog‘-chang‘i kurortidan Myunxenga ketayotgan poyezd yo‘lovchilar bilan to‘la edi. Ular orasida ko‘p sonli maktab o‘quvchilari ham bo‘lgan. Odamlar derazadan xavfsiz joyga olib chiqilgan.
Eslatib o’tamiz, bundan oldin Yaponiyada kuchli zilzila tufayli tezyurar poyezd relsdan chiqib ketgandi. Shundan so’ng vagonlarning bir qismi egilib qolgan.








