Rossiya Tinch okeanida keng ko'lamli harbiy mashg'ulotlarni boshladi
Mashqlarga 40 dan ortiq harbiy kemalar, samolyot va vertolyotlar jalb qilingan

Rossiya Federatsiyasi Tinch okeanida 40 dan ortiq harbiy kemalar va yordamchi kemalar, shuningdek, 20 ta samolyot va vertolyotlar ishtirokida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda "TASS"agentligi Rossiya xabar berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, kema guruhlari dengiz aviatsiyasi bilan birgalikda "soxta" dushmanning suv osti kemalarini qidiradi, shuningdek, kemada taktik guruhlarning havo hujumidan mudofaasini tashkil qilishni ishlab chiqadi.
Bundan tashqari, yer usti va havo nishonlarida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasining Ivanovo viloyatida “Yars” raketa komplekslari bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilgani xabar qilingandi.







