O'zbekiston

Andijonda 3 ta tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishdan olindi

Shuningdek, fuqarolarning muammolariga yetarli e’tibor qaratmagan bir guruh sektor rahbarlari qat’iy ogohlantirildi.

Andijonda 3 ta tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishdan olindi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Baxtiyor Islamov hamda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, respublika harbiy prokurori Shuhrat Uzoqovlar boshchiligidagi idoralararo respublika ishchi guruhi bir hafta davomida Andijon viloyatining tuman-shaharlarida bo‘lib, inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlarni natijadorligi manzilli o‘rganildi va tahlil qilindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, o‘rganish ishlari yakunida Andijon viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat hamda tuman-shahar sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlarning boshliqlari hamda boshqa mas’ullar ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Baxtiyor Islamov tomonidan viloyatda aholi murojaatlari bilan ishlash ahvoli qoniqarli darajada emasligi qattiq tanqid ostiga olingan. Jumladan, joriy yil boshidan shu kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 50 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 24 foizi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 72 foiziga esa mutasaddilar tomonidan to‘g‘ri tushuntirish bilan cheklanilgan, xolos.

 

Viloyatdagi bir qator tuman-shaharlarda rejada belgilanib olingan sayyor qabullar o‘tkazilmaganligi, huquqiy targ‘ibot ishlarini yetarli darajada tashkil etilmaganligi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgan ishlarning sust tashkil etilganligi tanqidiy tahlil qilingan. Viloyatda korrupsiya holatiga yo‘l qo‘yib berilishi, uning oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarning tashkil etilishi qoniqarli deb topilib alohida ta’kidlangan.

 


Ishchi guruh a’zolarining o‘rganish natijalariga ko‘ra fuqarolarning muammolariga yetarli e’tibor qaratmagan, ularni hal etishga sust munosabatda bo‘lgan bir qator tuman-shaharlarning sektor rahbarlari qat’iy ogohlantirilgan.

 

Bundan tashqari, joylarda sodir etilayotgan jinoyatlarning muhokama yig‘ilishlari talab darajasida tashkil etilmayotganligi, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlar sust tashkil etilganligi tanqidiy muhokama qilingan va yuqoridagi kabi holatlarga yo‘l qo‘ygan bir qator shahar-tuman IIB boshliqlariga ogohlantirishlar berilgan. Andijon, Oltinko‘l hamda Buloqboshi tumanlari IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etilgan. Bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan IIO xodimlariga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

 


Aniqlangan kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ularning mas’uliyati oshirilgan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda 3 ta tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishdan olindi | Zamon.uz