Ertaga Toshkentda 6 ta chorraha yopiladi
Shahar IIBB cheklov vaqti va sababini ma’lum qildi.

5 iyun kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida “Mirobod yoshlar marafoni” o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan ertaga soat 10.00 dan 12.00 gacha quyidagi ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopiladi.
Ular:
—Oybek ko‘chasi bo‘ylab: Oybek va Turkiston ko‘chalari chorrahasidan Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasigacha;
—Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasidan Oybek va Chexov ko‘chalari chorrahasigacha;
—Oybek va Chexov ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
—Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab, Sharof Rashidov va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasigacha;
—Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab: Islom Karimov va Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasigacha.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB rasmiy xabarida.








