London Kiyevga qancha raketa yetkazib bergan?
Buyuk Britaniya TIV bu to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari butun dunyodagi oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy taʼsir o‘tkazadi. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass maʼlum qildi.
Uning fikricha, Moskvaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi global dunyo hamda umumiy barqarorlik uchun bir qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. O‘z bayonotida diplomat, shuningdek, mojaro natijasida 6.6 million ukrainalik qochqinga aylanganini eslatgan. Bundan tashqari, vazir Londonning Ukrainaga 10 ming raketa yuborganini qayd etgan.
Avvalroq AQSH Kiyevga don saqlash uchun maxsus konteyner yuborishi maʼlum bo‘lgandi.







