O‘zbekiston jamoasi Qatarni mag‘lub etdi
O‘yin 6:0 hisobida g‘alaba bilan yakunlandi.

Bugun, 4 iyun kuni 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Qatar–O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur o‘yinda Jasur Jaloliddinov, Hojimat Erkinov, Husain Norchayev, Ulug‘bek Hoshimov hamda Ruslanbek Jiyanov gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Yusuf Ayman bir bora o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Shu tariqa, yoshlar jamoasi ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi va keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qildi.








