Qashqdaryoda IIB xodimi fuqaroga qo‘pol munosabatda bo‘ldi
Holatga viloyat IIB rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida IIB profilaktika inspektori fuqarolarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan vileolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyati IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildiirdi.
Qayd etilishicha, 3 iyun kuni soat 21.30 atrofida Qarshi shahrining “Oqtepa” MFY hududidagi Yakkasaroy ko‘chasida harakatlanib kelgan “VAZ-2107” rusumli avtomashina haydovchisi fuqarolarga xavf tug‘dirgani bois to‘satdan to‘xtagan. Shu vaqtda profilaktika inspektori kelib, haydovchidan avtomashina hamda shaxsiga oid hujjatlarni so‘raganda, haydovchi hech qanday hujjati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Haydovchi tayanch punktiga taklif qilinib, shaxsiga oydinlik kiritilganda, u Qarshi shahar “Gʻofur Gʻulom” MFYda yashovchi fuqaro X. D. Ekani ma’lum bo‘lgan. YPX inspektori tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shundan so‘ng avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga olib ketilayotganida voqea joyida paydo bo‘lgan fuqaro I. N. avtomashina unga tegishli ekanligini aytib, ichida ko‘p miqdorda puli borligini, yo‘qolsa IIB xodimi javob berishini aytgan.
Profilaktika inspektori fuqaroga avtomashinadagi qimmatbaho buyum va pullarini olishini yoki dalolatnoma asosida taqdim etishini taklif qilganida, pullarini olmasligini aytib, ketishga uringan. Xodim uni to‘xtatib, pullarini yoki mulkini ko‘rsatishini talab qilgan paytida fuqaro I. N. avtomashinani jarima maydoniga olib ketishga to‘sqinlik qilgan.








