Rossiyaning Chita shahri aholisi Prezident iste’fosini talab qildi
Bunga mamlakatdagi narxlarning oshishi sabab bo‘lgan.

Mitingda Chita aholisi narxlar oshgani, ammo maosh va pensiyalar yo‘qligini ma’lum qilgan. Ular rasmiylarni barcha Rossiya fuqarolari uchun qo‘shimcha imtiyozlar joriy etishga chaqirgan.
Faollarning aytishicha, iqtisodiy o‘sish 2000-yillarning boshida kuzatilgan darajaga yetgan, hozirgi siyosat esa xalqni boyitishga qaratilmagan.
Shuningdek, jamoatchilik bozorni monopoliyadan chiqarishni talab qilgan. Ularning fikricha, rasmiylar narx siyosatiga amal qilmaydi va rossiyalik tadbirkorlar tashqi siyosiy vaziyatdan foydalanib, tovarlar narxini asossiz ravishda oshirgan.








