Toshkentda ShHT raisligi doirasida qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi
Shuningdek, an’anaviy tibbiyot forumi o’tkazilishi ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida kelgusi haftada qator tadbirlar o’tkazilishi maqsad qilingan:
- ShHTga aʼzo davlatlarning anʼanaviy tibbiyot bo‘yicha forumi – Toshkent shahri, 2022-yil 7-iyun;
- ShHTga aʼzo davlatlar sogʻliqni saqlash vazirlarining yigʻilishi – Toshkent shahri, 2022-yil 7-8-iyun;
- ShHT Yoshlar kengashi yig‘ilishi – Toshkent shahri, 2022-yil 9-10-iyun.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Toshkentda SHHT davlatlari sport vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.







