AQSHda yana ommaviy otishma yuz berdi
Bu safar 3 kishi halok bo‘lib, 11 kishi yaralandi.

AQSHning Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahrida sodir bo‘lgan otishmada kamida uch kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yana 11 kishi yaralangan.
Polisiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, shahar ko‘chalaridan birida qurollangan shaxslar olomonga qarata o‘t ochgan. Polisiyachilar yetib kelgach, hujumchilar qurolini tashlab qochib ketgan.
Hozirda ularning shaxsini va joylashuvini aniqlash maqsadida kuzatuv kameralari tasvirlari o‘rganilmoqda.








