Ertaga Andijon shahrining 8 ta mahallasida suv ta’minoti uziladi
Shuningdek, 5 ta mahallada suv bosimi pastlashi kuzatiladi.

Anjijon shahrining A. Musayev hamda Dukchi Eshon ko‘chalarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim mahallalarda suv ta’minoti vaqtincha uziladi. Bu haqda “Andijon suv ta’minoti” MCHJ matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 6 iyun kuni soat 8:00 dan 7 iyun kuni soat 8:00 ga qadar viloyat markazidagi “Taraqqiyot”, “Islomobod”, “Hamkorlik”, “Mirpo‘stin”, “Do‘stlik”, “Navbahor”, “Mustaqillik”, “O‘zbegim” MFYda vaqtincha suv ta’minotini to‘xtatiladi. “Sog‘lom avlod”, “Yoyilma”, “O‘rikzor”, “Iqbol” va “Barkamol” MFYda suv bosimining pastlashi kuzatiladi.
“Ushbu manzillarda istiqomat qiluvchi aholidan suv zaxirasini olib qo‘yishlarini iltimos qilamiz. Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus suv tashuvchi transport vositalari orqali toza ichimlik suvi o‘z vaqtida yetkazib berilishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.








