Ilon Mask bir kunda 17 milliard dollar yo‘qotdi
Bu Tesla xodimlarini ishdan bo‘shatish haqidagi xabar bilan bog‘liq.

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla xodimlarining qisqarishi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lganidan so‘ng bir kunda taxminan 17 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar bermoqda.
Vaziyat avtomobil ishlab chiqaruvchisiga ham ta’sir qildi. Uning aksiyalari 9,2 foizga pasaygan.
Bir kun avval Mask Tesla kompaniyasining taxminan 10 foiz xodimlarini qisqartirishni va AQSH iqtisodiyoti bilan bog‘liq xavotirlar fonida ishga qabul qilishni to‘xtatib qo‘yishni buyurgani haqida xabarlar tarqaldi.
Biznes nashriga ko‘ra, dunyoning eng boy odami bo‘lib qolayotgan Maskning boyligi 216,8 milliard dollarni tashkil etadi.








